iSoft.Uz

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti O'zbek-Hind Axborot Texnologiyalari Markazi

Dastur haqida

Multimediali interaktiv o’rgatuvchi dasturiy majmua zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yaratilgan bo’lib, ta’lim jarayonida tinglovchilarga mustaqil ravishda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish imkoniyatini beradi.

Dasturiy majmua 7 ta bo’lim va 400 dan ortiq mashg’ulotdan iborat bo’lib, mashg’ulotlar izohli, grafikali, tovushli va animatsiyali ko’rinishda multimedia vositalari yordamida to’liq amaliy namoyish etiladi. Bundan tashqari dasturiy majmuada maxsus interaktiv mashq muhiti (trenajor) mavjud bo’lib, uning asosida mashg’ulotlar kompyuter dasturlaridan tashqari interaktiv mashq muhitida bajariladi. Dasturiy majmua doimiy ravishada yangilanib, bazasi to’ldirilib borish imkoniyatiga ega.

Dasturning ishlash rejimlari:

  • Namoyishrejimi – bunda tanlangan mashg’ulotdagi materiallar tinglovchiga izohli, grafikali,tovushli va animatsiyali ko’rinishda namoyish etiladi;
  • Interaktiv mashq rejimi– bunda namoyish qilingan mashg’ulotlar amaliy bajariladi.

Dastur afzalliklari:

  • mashg’ulotlar animatsiyali , tovushli va izohli namoyish etiladi;
  • mashg’ulotlarni amaliy bajarish interaktiv mashq muhiti mavjud;
  • dasturning mashg’ulotlar bazasi doimiy ravishda yangilanish xususiyatiga ega;
  • dastur qulay va sodda interfeysga hamda navigatsiya tizimiga ega;
  • mashg’ulotlar o’zbek tilining lotin grafikasida tayyorlangan.